10:11 / 14.11.2022
1 026

O‘zbekiston Malayziyaga muzlatib quritilgan qovun va anjir yetkazib bermoqda

O‘zbekiston Malayziyaga muzlatib quritilgan qovun va anjir yetkazib bermoqda
Joriy yil noyabr oyi boshida O‘zbekistonning Malayziyadagi diplomatik vakolatxonasi ko‘magida 10 ming qadoqdan ortiq muzlatib quritilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Malayziya bozorlariga ilk bor eksport qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Shu yil avgust oyida Malayziyada o‘zbek mahsulotlari shourumi ochilish marosimi chog‘ida bu haqdagi kelishuvga erishilgan edi. Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida ro‘yxatdan o‘tgan MCHJ va Malayziyaning Izdihar Souk Sdn Bhd o‘rtasida imzolangan shartnomada mamlakatda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ushbu davlatga yetkazib berish ko‘zda tutilgan.

Brend ostida muzlatib quritilgan qovun, anjir, o‘rik va jami yetti xil turdagi mahsulotlar Malayziya bozorlariga eksport qilindi.

Izdihar Souk Sdn Bhd kompaniyasi tijorat ishlari bo‘yicha direktori Reymond Chong o‘zbek mahsulotlari Malayziya yirik savdo tarmoqlarida, mamlakatning Lazada va Shopee ommabop elektron savdo platformalari orqali ham sotilishini bildirdi. Mahsulotlar keyingi turkumini 2023 yil yanvar oyida yetkazish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston Malayziyaga muzlatib quritilgan qovun va anjir yetkazib bermoqda