22:00 / 21.11.2022
1 735

O‘zbekiston xitoyga quvur orqali gaz yetkazib berish bo‘yicha beshinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston xitoyga quvur orqali gaz yetkazib berish bo‘yicha beshinchi o‘rinni egalladi
Foto: Bloomberg
2022 yilning yanvar—oktabr oylarida O‘zbekistondan Xitoyga quvur orqali gaz yetkazib berish hajmi bo‘yicha beshinchi o‘rinni egallagan. Bu haqda Xitoy bojxona bosh boshqarmasiga tayanib «TASS» xabar bermoqda.

Boshqarmaning onlayn tizimida so‘nggi oylarda import qilingan quvur gazining jismoniy hajmi ko‘rsatilmagan.

Departament ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyga gaz quvuri orqali yonilg‘i yetkazib beruvchi davlatlar orasida Turkmaniston birinchi o‘rinni egallashda davom etmoqda.

O‘n oy davomida bu mamlakatdan yetkazib berilgan xom ashyo 8,23 milliard dollarni tashkil etdi (yillik ko‘rsatkichga nisbatan 53 foiz o‘sish).

Ikkinchi o‘rinni 3,1 milliard dollar bilan Rossiya egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rinda Myanma qayd etilgan — 1,13 milliard dollar.

To‘rtinchi o‘rinda Qozog‘iston (996,5 million dollar, 15,2 foiz o‘sish), beshinchi o‘rinda O‘zbekiston (916,7 million dollar, 52,5 foiz o‘sish) joylashgan.

O‘zbekistonda 2022 yilning yanvar—oktabr oylarida gaz ishlab chiqarish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 foizga kamaygan. Umumiy ishlab chiqarish hajmi joriy yilning o‘n oyida 1,07 mln tonnani tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston xitoyga quvur orqali gaz yetkazib berish bo‘yicha beshinchi o‘rinni egalladi