22:33 / 26.12.2022
1 388

Putin: MDH o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalarga faolroq o‘tishni boshladi

Putin: MDH o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalarga faolroq o‘tishni boshladi
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalarga faolroq o‘tishni boshladilar. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgdagi MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ma’lum qildi.

Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv davlatlarning bundan buyon ham hamkorlikni rivojlashtirish niyatlari borligidan dalolat beradi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlarning o‘zaro hamkorligi muvaffaqiyat bilan amalga oshmoqda, yil yakuniga ko‘ra o‘zaro tovar ayirboshlash 100 millard dollarni tashkil etgan.

Boz ustiga MDH davlatlari o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalarga faolroq o‘tishni boshladilar”, - dedi Rossiya rahbari.

Sankt-Peterburgdagi sammitda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan qatnashmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Putin: MDH o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalarga faolroq o‘tishni boshladi