Mamlakatimizda hozirgi turizm mavsumi qisqaligi, uni uzaytirish bo‘yicha salohiyat juda katta ekani ta’kidlandi.
Toshkent, Jizzax viloyatlarida qishki mavsumda – tog‘ga chiqish, chang‘i uchish maydonlarini, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida yozgi mavsumda – cho‘milish maskanlarini tashkil etib, turistik mavsumga yana ikki oy qo‘shish mumkin.
Shu munosabat bilan tegishli vazirliklar va mutasaddilarga festival va madaniyat tadbirlarini ko‘paytirish, qishki, ekologik turizmni rivojlantirish, qo‘riqxona, tabiat bog‘lari va tabiat yodgorliklari imkoniyatidan foydalanish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Ichki turizm bo‘yicha muallimlar va tibbiyot xodimlari uchun alohida dasturni tasdiqlab, ularning yurtimiz bo‘ylab sayohati va dam olishlarini tashkil qilishni boshlash topshirildi.
Bu yil mamlakatimizning boy madaniyati va turistik salohiyatini jahonga targ‘ib qilish yili bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Buning uchun 100 milliard so‘m ajratildi.
«O‘zbekiston tashrif qog‘ozi»ni ishlab chiqib, turizm brendini yangilash, xorijiy telekanallarda «O‘zbekiston tashrif qog‘ozi»ni efirga uzatish, AQSH, Xitoy, Arab davlatlari, Yaponiya, Koreya, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Malayziya, Rossiya, Qozog‘iston kabi mamlakatlarning yirik shaharlari gavjum ko‘chalaridagi ekranlarda «O‘zbekiston turizm brendi» haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish, milliardlik obunachilari bor internet platformalarida O‘zbekiston haqidagi reklama roliklarini ko‘paytirish topshirildi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?