
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 385,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 33,5 % ga oshgan.
2023 yilning yanvar-mart oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
— Avtomobil benzini – 385,5 ming tonna;
— Ko‘mir – 989,1 ming tonna;
— Neft – 195,5 ming tonna;
— Gaz kondensati – 319,5 ming tonna;
— Avtobus – 200 dona;
— Yuk avtomobillari – 557 dona;
— Avtomobil dvigatellari – 44,2 ming dona;
— Yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) – 50 018 dona.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar