66
Italiya kompaniyasi O‘zbekiston energetika sohasi uchun qariyb 2,3 mlrd yevro ajratadi
O‘zbekiston Prezidentining Italiyaga safari doirasida o‘tkazilgan biznes forumda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va Italiyaning “SACE” kredit agentligi o‘rtasida uchta yirik shartnoma va bitta memorandum imzolandi.
Ularga ko‘ra, jami 2 mlrd 263,3 mln yevroga teng 4 ta yirik loyiha, shu jumladan, Toshkent IESni modernizatsiya qilish, poytaxtning 6 ta tumanida gaz porshenli qurilma va suv isitish qozonlarini qurish loyihasi, Yunusobod tumanidagi 4-Issiqlik markazi hududida har birining quvvati 4,3 MVtga teng 24 ta gazporshenli qurilma va har birining quvvati 130 MVtga teng bo‘lgan 4 ta suv isitish qozonlarini bunyod etish ishlari amalga oshiriladi.
Memorandumga asosan esa 1-,3-,5-,6-,7-,8-,9-,10- issiqlik markazlarida kogeneratsion qurilmalar barpo etish orqali poytaxt aholisini qo‘shimcha issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoni yaratiladi. Mazkur loyiha ham EPC+F ya’ni, qurish va to‘liq ishga tushirish darajasida moliyalashtirish shartiga asoslangan.
Qayd etilishicha, Toshkent IESni modernizatsiya qilishga oid kelishuvga ko‘ra, stansiyaning mavjud quvvatini 990 MVtga oshirish kutilyapti.
Bunda tabiiy gazni zamonaviy bug‘-gaz qurilmalari hisobiga kombinatsiyalashgan siklda samarali yoqishni tashkil etish, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish jarayoniga bosqichma-bosqich zamonaviy va yuqori samarador texnologiyalarni joriy etish orqali ko‘rsatkichlarni oshirish, Toshkent viloyati sanoat korxonalari va uy-joy kommunal xo‘jaliklarini ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash belgilangan. Umumiy qiymati 544,5 mln yevroni tashkil etadigan loyiha asosida hududning ijtimoiy sohalarini yanada rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan.
– Loyihalarga investorlarni jalb etish jarayonida xalqaro bank va moliya institutlari ko‘rib chiqildi. Natijada Italiyaning “SACE” kredit agentligi tomonidan berilgan taklif qabul qilindi. Moliyalashtirishning asosiy shartlaridan biriga ko‘ra, loyihalarda bosh pudratchi sifatida Italiya kompaniyalari ishtirok etadi, – deydi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi boshlig‘i Alisher Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Sergey Lushchan: "Navbahor" futbolchilari "Neftchi"ga o‘tyapti? Balki..."