10:09 / 20.08.2023
73

O‘zbekiston va Isroil elektroenergetika sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston va Isroil elektroenergetika sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Energetika vazirligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi xodimlari va Isroil Elektrik kompaniyasi (IEK) bosh direktorining o‘rinbosarlari Isxak Balmas va Tamar Fekler bilan onlayn uchrashuvlar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Ma’lum qilinishicha, 1923-yilda tashkil etilgan IEKning 99 foiz ulushi Isroil hukumatiga tegishli. Hozirda Isroilning 75 foiz elektr energiyasi ushbu kompaniya tomonidan ishlab chiqariladi.

Bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida elektr ishlab chiqarish va uni isteʼmolchiga yetkazib berishga masʼul tuzilmalar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish, Isroilning ilg‘or tajribasini respublikaga jalb qilish hamda ushbu mamlakatga eksport nomenklaturasini kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, Isroil tomoniga O‘zbekiston energetika sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar va loyihalar haqida batafsil maʼlumot berildi hamda respublika elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Isroil energetika vazirliklari o‘rtasida muloqotlarni hamda ikki mamlakat soha mutaxassislarining onlayn uchrashuvlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlarini Isroil bozoriga eksport qilish maqsadida respublika korxonalarining tegishli tenderlarda qatnashishini taʼminlash masalalari to‘g‘risida kelishib olindi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston va Isroil elektroenergetika sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi