07:00 / 07.10.2023
128

Sherzod Asadov: Rossiyadan yiliga 2,8 mlrd metr kub gaz tijoriy shartnoma orqali xarid qilinadi

Sherzod Asadov: Rossiyadan yiliga 2,8 mlrd metr kub gaz tijoriy shartnoma orqali xarid qilinadi

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan birga 7 oktyabr kuni Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni boshlashga bag‘ishlangan tantanali marosimida ishtirok etishini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan OAV uchun bayonotda ma’lum qilindi.

«Ushbu tijoriy shartnoma orqali Rossiya Federatsiyasidan Qozog‘iston Respublikasi orqali O‘zbekiston Respublikasiga yiliga 2,8 mlrd metr kub gaz yetkazilishi rejalashtirilgan.

Shartnomaning kuchga kirishi va Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berilishi nafaqat respublikamiz, balki Markaziy Osiyoda energetik barqarorlikni ta’minlashda juda katta o‘rin egallaydi», — dedi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston hukumati «Gazprom» bilan respublikaga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida ikki yillik tijoriy shartnoma imzolagan edi. Shartnomaga ko‘ra yillik gaz yetkazib berish hajmi qariyb 2,8 milliard metr kubni tashkil etishi xabar qilingan edi.

O‘zbekiston Energetika vazirligi yuqori bosimli gazni qabul qilish uchun barcha zarur infratuzilma va gaz quvurlari tayyorlab qo‘yilganini ma’lum qilgan edi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Sherzod Asadov: Rossiyadan yiliga 2,8 mlrd metr kub gaz tijoriy shartnoma orqali xarid qilinadi