Foto: Transport vazirligi
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda elektromobillarni ommalashtirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirmoqchi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, vazir birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov OTB vakillari bilan uchrashib, Yashil iqlim fondining «Elektromobillik dasturi»ni moliyalashtirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.
Dastur tijorat elektromobillarini ommalashtirishdagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan. U 4 ta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: elektrobuslar parkini va yordamchi infratuzilmani joylashtirish, jamoat transporti tizimini yaxshilash hamda uning barqarorligini ta’minlash, elektromobillarni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash.
Qayd etilishicha, dasturni moliyalashtirish bo‘yicha taklif etilayotgan mablag‘ 170 mln dollarni tashkil etadi. Shundan 65 mln dollari grant, qolgan 105 mln dollari qarz mablag‘idan iborat.
2024 yilgacha mamlakatda qurib bitkazilgan savdo va biznes markazlari, ko‘ngilochar va dam olish maskanlari, AYOQSH, mehmonxonalar, xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari bo‘yida elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini kiritish talabi belgilangan.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring