16:32 / 01.11.2023
71

O‘zbekiston va «Gazprom» energetika sohasida hamkorlik bo‘yicha strategik memorandum imzoladi

O‘zbekiston va «Gazprom» energetika sohasida hamkorlik bo‘yicha strategik memorandum imzoladi

Foto: Energetika vazirligi

«Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumi – 2023» doirasida O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va «Gazprom» AJ boshqaruvi raisi Aleksey Miller o‘rtasida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar hamkorlikning borishi hamda istiqbollarini ko‘rib chiqdi. Joriy yilning oktyabr oyida boshlangan Rossiya gazini Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga yetkazib berish masalasi muhokama qilindi. O‘zbekiston iste’molchilarini energiya bilan barqaror ta’minlashda «Markaziy Osiyo – Markaz» gaz quvurlari tizimi asosidagi maxsus ajratilgan yo‘nalish alohida o‘rin tutishi, bu, ayniqsa, kuz-qish mavsumida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Uchrashuvda Jo‘rabek Mirzamahmudov va Aleksey Miller energetika kompleksidagi hamkorlik bo‘yicha strategik memorandumni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, tomonlar gaz ta’minoti hamda tashish sohasida, shuningdek, uglevodorodlarni geologiya-qidiruv va qazib olish yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantiradi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston va «Gazprom» energetika sohasida hamkorlik bo‘yicha strategik memorandum imzoladi