Qaysi oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi eng yuqori bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2023 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 57,3 mlrd AQSh dollariga yetgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 11 oyida oylar kesimida qayd etilgan tashqi savdo aylanmasi hajmi bo‘yicha noyabr oyi yetakchilik qilmoqda – 6,3 mlrd dollar.
Undan keyingi o‘rinlardan tashqi savdo aylanmasi hajmi mos ravishda 6,2 mlrd dollarga teng bo‘lgan may hamda oktyabr oylari joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan oylar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- martda – 5,8 mlrd;
- iyulda – 5,8 mlrd;
- avgustda – 5,1 mlrd;
- yanvarda – 5,0 mlrd;
- aprelda – 4,8 mlrd;
- sentabrda – 4,7 mlrd;
- fevralda – 3,9 mlrd;
- iyunda – 3,4 mlrd.
Ma’lumot uchun, raqamlar yaxlitlangan holda berilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boringCtrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Britaniya Rossiyaga qarshi urushga tayyorligini e’lon qildi
"JCH-2026" saralashi. O‘zbekiston qiyinchilik bilan KXDRni mag‘lub etdi