Kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Belarus hududlararo ikkinchi forumida qator ikki tomonlama shartnomalar, shuningdek, sarmoyaviy bitimlar va savdo shartnomalari to‘plami qabul qilindi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Forumda ikki davlatning 300 dan ortiq vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari, Savdo-sanoat palatalari, viloyat hokimliklari rahbarlari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston va Belarus ishbilarmon doiralarining mintaqaviy vakillarini faol va muvaffaqiyatli hamkorlikka chaqishgan.
Shuningdek, hukumatlar qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklari ta’kidlangan.
“Savdo uyi tashkil etish, yog‘och va oziq-ovqat mahsulotlarini imtiyozli xarid qilish va tizimli yetkazib berish mexanizmini joriy etish, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish ikki davlat munosabatlarining istiqbolli yo‘nalishlaridan ekanligi ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.
Tadbir yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat hududlarining o‘zaro tashriflari jadvali, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator ikki tomonlama shartnomalar, shuningdek, sarmoyaviy bitimlar va savdo shartnomalari to‘plami qabul qilindi.
Belarusning BЕLTA nashri yozishicha, forumda umumiy qiymati 80 million dollar bo‘lgan 20 dan ortiq shartnoma va bitimlar imzolandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi