12:33 / 18.03.2024
373

O‘zbekistonda soliq organlarining ayrim huquqlari bekor qilindi

O‘zbekistonda soliq organlarining ayrim huquqlari bekor qilindi
Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi soddalashtirilishi sabab Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Hukumatning 2021 yil 7 yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazishda soliq organlarining quyidagi huquqlarini bekor qilish (qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplashda (qaytarishda) o‘tkaziladigan kameral soliq tekshiruvlari bundan mustasno):

- soliq to‘lovchining hududiga kirish;
- soliq to‘lovchining hududini va binolarini ko‘zdan kechirish;
- soliq to‘lovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
- soliq to‘lovchining hujjatlari va buyumlarini olib qo‘yish.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtiradi.

Noyabr o‘rtalarida davlat korxonalari hamda o‘z ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanmani 2028 yil 1 yanvarga qadar QQSdan ozod qilish nazarda tutilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda soliq organlarining ayrim huquqlari bekor qilindi