Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Italiya qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat suvereniteti va o‘rmonchilik vazirining diplomatik maslahatchisi Chezare Morbelli bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida o‘tgan yili iyun oyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston prezidentning Italiyaga rasmiy tashrifi doirasida ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida imzolangan qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumining ijrosi va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar ushbu hujjat ikki mamlakat agrar va oziq-ovqat sohasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim asos bo‘lishini ta’kidladi.
Italiya tomoni o‘tgan yili sentyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiyada qishloq xo‘jaligi vaziri Franchesko Lollobrijida boshchiligidagi Italiya delegatsiyaning samarali ishtirokini xotirladi va mazkur tadbir O‘zbekiston tomonidan yuqori darajada tashkil etilganini qayd etdi.
So‘nggi yillarda Italiya qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va iqtisodiy tahlil kengashi (CREA), Chorvachilik uyushmasi (AIA), Tushia universiteti va boshqa agrobiznes kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari rivojlanayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.
Vazirlik vakili mahalliy tadbirkorlarning har yili Italiyada o‘tkaziladigan tadbirlar, shu jumladan, Tuttofood, McFruit, Cremona kabi xalqaro agrar va oziq-ovqat ko‘rgazmalarida o‘z mahsulotlari bilan ishtirokini olqishladi.
Italiya tomoni, shuningdek, agrar sohada texnologik hamkorlik, investitsiya va savdo masalalarida aloqalarni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi