13:57 / 04.07.2024
121

O‘zbekistonda qaysi mahsulotlar narxi sezilarli darajada arzonlashdi?

O‘zbekistonda qaysi mahsulotlar narxi sezilarli darajada arzonlashdi?
Joriy yil iyun oyida O‘zbekistonda mavsumiy deflyatsiya qayd etilib, tovar va xizmatlar narxlari 0,2 foizga pasaydi.

Infografika: Statistika agentligi
Statistika agentligi 2024 yil iyun oyidagi iste’mol narxlari indeksini e’lon qildi. Qayd etilishicha, o‘tgan oyda mamlakatda 0,2 foizlik mavsumiy deflyatsiya (tovarlar va xizmatlar narxlari umumiy darajasining pasayishi) kuzatildi. Yillik inflyatsiya esa 10,6 foiz darajasida saqlanib qoldi (may oyida ham 10,6 foiz bo‘lgan).

Infografika: Statistika agentligi
Narxlar o‘rtacha darajasining pasayishi meva–sabzavot mahsulotlari narxlarining mavsumiy pasayishi fonida sodir bo‘ldi”, — deyiladi agentlik tahlilida.

Infografika: Statistika agentligi
Iyun oyi davomida oziq–ovqat mahsulotlari 1,8 foizgacha arzonlashgan bo‘lsa, nooziq–ovqat mahsulotlari 0,8 foizga, xizmatlar 0,9 foizga qimmatlashgan. Yillik nisbatda esa oziq-ovqatlar narxida 3,5 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlarida 7,9 foiz, xizmatlarda 27,9 foiz o‘sish kuzatilgan.

Infografika: Statistika agentligi
Asosiy oziq–ovqat mahsulotlaridan suyakli mol go‘shti 0,7 foiz, qo‘y go‘shti 1 foiz, guruch 0,3 foiz qimmatlashgan. Bug‘doy uni 0,4 foiz, sut 0,5 foiz, tuxum 1,1 foiz, kungaboqar yog‘i 0,1 foiz, shakar 1,2 foiz arzonlashgan.

Infografika: Statistika agentligi
Sabzavotlardan bodring narxi 37,8 foiz, bulg‘or qalampiri 41,3 foiz, pomidor 42,8 foiz, baqlajon 53,9 foiz, piyoz 13,9 foizga sezilarli pasaygan.

Elektr energiyasi, gaz, issiq suv ta’minoti to‘lovlari miqdori oshmagan. Dori vositalarining qimmatlashishi to‘xtamagan va narxlar iyun oyida 1,4 foizga oshgan. Benzin 1,4 foizga, propan 1,9 foizga arzonlagan.

Benzin va propan narxlarining pasayishi fonida joriy yilning iyunida metan 11,9 foizga qimmatlashdi”, — deya qayd etgan Statistika agentligi.

Infografika: Statistika agentligi
O‘tgan oy davomida temiryo‘l transporti 1,8 foizga, havo yo‘llar 0,2 foizga oshgan. Shu bilan birga, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim xizmatlari narxi 15,4 foizga ko‘tarilgan.

Iyunda respublikada davlat bog‘chalari uchun oylik to‘lov 20 foizga, xususiy bog‘chalarda 2,4 foizga oshirildi. Oliy ta’lim sohasida narxlar o‘zgarmadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda qaysi mahsulotlar narxi sezilarli darajada arzonlashdi?