Toshkentdagi jahon chempionati: O‘zbekistonning 9 dzyudochisi bugun medallar uchun kurashadi

1 daqiqa o'qish53
Toshkentdagi jahon chempionati: O‘zbekistonning 9 dzyudochisi bugun medallar uchun kurashadi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Toshkentda o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasining to‘qqiz nafar vakili medallar uchun kurashga kirishadi.
  • Musobaqada mamlakatimiz sharafini besh nafar qiz va to‘rt nafar yigit himoya qiladi.
  • Olimpiya shaharchasida o‘tadigan bellashuvlarda sportchilar -73, -81, -63 hamda -70 kilogramm vazn toifalarida g‘oliblik uchun bahslashadi.

Toshkentda o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida ikkinchi kun bahslari boshlanmoqda. Bugun O‘zbekiston terma jamoasining to‘qqiz nafar vakili medallar uchun kurash olib boradi. Muxlislar kechagi kun muvaffaqiyati takrorlanishi va yana bir bor O‘zbekiston sharafiga davlat madhiyasi yangrashidan umid qilmoqda.

Olimpiya shaharchasida soat 08:00 dan boshlanadigan bellashuvlarda o‘g‘il bolalar o‘rtasida -73 va -81 kilogramm, qizlar o‘rtasida esa -63 va -70 kilogramm vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

O‘zbekiston terma jamoasidan 9 nafar dzyudochi maydonga tushadi

Bugungi musobaqalarda O‘zbekiston sharafini besh nafar qiz va to‘rt nafar yigit himoya qiladi. Ularning dastlabki raqiblari quyidagicha:

Qizlar, -63 kg:

  • Nigina Saparboyeva — Mubarak Menas (Iordaniya) va Honoka Kimura (Yaponiya) o‘rtasidagi bellashuv g‘olibiga qarshi;

  • Dinora Samandarova — Emili Daniela (AQSH);

  • Parizoda Yo‘ldosheva — Ivett Fuentes (Venesuela).

Qizlar, -70 kg:

  • Poshshajon Jumaboyeva — Marta Navikayte (Litva) va Yang Yuan Ji (Xitoy) o‘rtasidagi bellashuv g‘olibiga qarshi;

  • Durdona Tursunova — Renata Sandoval (Meksika) va Diana Benkova (Polsha) o‘rtasidagi bellashuv g‘olibiga qarshi.

Yigitlar, -73 kg:

  • Muhriddin Ma’rufov — Nikolas Gkinis (Gretsiya);

  • Inoyat Telmanov — Ali Al-Shammari (Kuvayt) va Konstantinos Saparas (Gretsiya) o‘rtasidagi bellashuv g‘olibiga qarshi.

Yigitlar, -81 kg:

  • Kamronbek Qodirov — Mehdi Abbasov (Ozarbayjon) va Edoardo Russo (Italiya) o‘rtasidagi bellashuv g‘olibiga qarshi;

  • Sa’dulla Ravshanov — Taichi Okudo (Yaponiya).

Asosiy maqsad — yana bir bor shohsupaga ko‘tarilish

Jahon chempionatining ikkinchi kunida o‘zbekistonlik dzyudochilarni murakkab bellashuvlar kutmoqda. Ayniqsa, turli mamlakatlar vakillari bilan kechadigan dastlabki uchrashuvlar sportchilarning keyingi bosqichga yo‘l olishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Toshkentda o‘tayotgan nufuzli musobaqada o‘z maydonimizdagi muxlislar qo‘llab-quvvatlashi ham terma jamoa vakillari uchun qo‘shimcha ruh bag‘ishlashi shubhasiz.

Endi barcha e’tibor to‘qqiz nafar dzyudochimizga qaratiladi. Muxlislar ularning har bir bellashuvini katta umid bilan kuzatadi. Eng katta tilak — bugun ham Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston madhiyasi yangrab, yurtimiz bayrog‘i jahon chempionati shohsupasidan joy olishi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?