Foto: Shutterstock
Strategik islohotlar agentligi eksperti Friderike Zayfert tomonidan Afrika davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlari o‘rganib chiqildi.
Afrika davlatlari iqtisodiyotining rivojlanishi har xil bo‘lishi bilan ularning deyarli barchasi JST a’zolari va Afrika Kontinental erkin savdo hududi ishtirokchilari hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, savdo shartnomalarini tuzish va kompaniyalar o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalarini rag‘batlantirish O‘zbekistonning Afrika bozoriga kirishi uchun maqbul yo‘nalish hisoblanadi.
Ayni paytda O‘zbekistonning Afrika mamlakatlariga eksportining 57 foizi Misrga yo‘naltiriladi. Boshqa hamkorlar qatoridan Marokash (17%), Sudan (16%), Janubiy Afrika (6%) va Tunis (2%) mamlakatlari o‘rin olgan. Aksariyat Afrika davlatlarining iqtisodiyoti qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq. Shu nuqtayi nazardan, ular uchun O‘zbekistondan o‘g‘it va qishloq xo‘jaligi texnikalarini import qilish imkoniyati jozibali ko‘rinadi.
Afrikaning ko‘plab mamlakatlari iqtisodiyotining ikkinchi muhim tarmog‘i tog‘-kon sanoati – neft va gazdan tortib (Jazoir, Gabon, Liviya va Nigeriya) metallar, minerallar (Namibiya va Janubiy Afrikada) va olmos (Botsvana) hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekistonning tog‘-kon sanoati texnikasi eksporti ham ushbu mamlakatlarda qiziqish uyg‘otishi mumkin.
Misr Shimoliy Afrikadagi iqtisodiyoti eng rivojlangan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatning asosiy eksporti neft, azotli o‘g‘itlar va oltin bo‘lsa, asosiy importga bug‘doy va dori-darmonlar kiradi. 2022 yilda Misrdan O‘zbekistonga amalga oshirilgan eksport hajmi 8,53 mln dollarni tashkil etgan. O‘z navbatida O‘zbekiston Misrga 23 mln dollarlik mahsulot, jumladan, sof paxta iplari, oltingugurt va sintetik shtapel tolali iplarni eksport qilgan. O‘zbekiston Misrga yuk mashinalari, fosfinatlar va mum ham yetkazib beradi.
Misrga import qilish uchun Tartibga solinadigan mahsulotlar eksporti va importini nazorat qilish bosh tashkilotidan tegishli sertifikatni olinishi kerak. Misr eksport qiladigan polimer, temir va qog‘oz kabi ko‘plab mahsulotlar O‘zbekiston uchun qiziqish uyg‘otishi mumkin.
Janubiy Afrika Respublikasi ushbu qit’adagi mamlakatlardan texnologik jihatdan va sanoati rivojlangan mamlakat sifatida ajralib turadi. Asosiy eksporti oltin, platina, temir rudasi, olmos, ko‘mir briketlari, xrom, titan va qimmatbaho metallardan iborat. Bundan tashqari, mamlakatdan katta miqdorda yengil va yuk avtomobillari, sentrifugalar, sulfatlar, sitrus mevalari eksport qilinadi. Asosiy import qilinadigan mahsulotlar safiga neft, avtomobillar (shu jumladan ehtiyot qismlar va aksessuarlar) hamda tele va radioeshittirish uskunalari kiradi.
2022 yilda Janubiy Afrika Respublikasi O‘zbekistonga 2,33 mln dollarlik mahsulot, jumladan, kichik temir quvurlar, nikel, sitrus mevalari, elektronika, suyuqlik nasoslari va yong‘inga chidamli keramika eksport qildi. O‘z navbatida, O‘zbekistonning Janubiy Afrika Respublikasiga eksporti sulfatlar, sintetik filament iplari va sof paxta iplarini hisobga olgan holda 1,1 mln dollarni tashkil etdi.
Marokash tomonidan asosan eksport qilinadigan mahsulotlar aralash mineral va kimyoviy o‘g‘itlar, avtomobillar, izolyatsiyalangan simlar, fosfor kislotasi va kalsiy fosfatlaridan iborat. Shu bilan birga, asosiy import tovarlari neft va bug‘doydir. 2022 yilda Marokash O‘zbekistonga 659 ming dollarlik mahsulot eksport qilgan. O‘z navbatida, O‘zbekistonning Marokashga eksporti oltingugurt va neftni hisobga olgan holda 14 mln dollarni tashkil etdi.
Tunisning asosiy eksporti – izolyatsiyalangan sim, neft, erkaklar kostyumlari va zaytun moyi. Asosiy importga qayta ishlangan neft, neft gazi, bug‘doy va avtomobil kiradi. 2022 yilda Tunis O‘zbekistonga qiymati yarim million dollardan kam bo‘lgan mahsulot eksport qilgan. O‘z navbatida, O‘zbekistonning Tunisga eksporti 1,4 mln dollarni tashkil etib, asosan, rux, ip-kalava va to‘qilgan paxtadan iborat edi. O‘zbekiston eksportini kengaytirish uchun ilg‘or elektr butlovchi qismlar va uskunalar istiqbolli mahsulotlar bo‘lishi mumkin. Tovarlarni import qilish uchun maxsus hujjatlar talab qilinmaydi (tegishli litsenziya talablari bundan mustasno).
Keniya eksporti qiladigan asosiy mahsulotlar choy, gullar, qahva va titan rudalaridan iborat. Asosiy importga neft, palma yog‘i, bug‘doy, dori-darmonlar va avtomobillar kiradi. 2022 va 2023 yillarda O‘zbekistondan Keniyaga tovarlar eksporti hajmi ko‘p bo‘lmagan. Sulfatlar va qishloq xo‘jaligi texnikasi eksportini kengaytirish mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aloqalarini chuqurlashtirish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lishi mumkin. Keniyaga tovarlarni import qilish uchun bojxona tartib-taomillaridan o‘tish va Keniya Standartlar Byurosidan standartlashtirish sertifikatini olish uchun murojaat qilish kerak.
Savdo aloqalarini yanada kengaytirish, transport logistikasini yo‘lga qo‘yish va mahsulotlarimizni tashqi bozorlarga eksport qilish yo‘llarini ko‘paytirish maqsadida xorijiy hamkorlar bilan birgalikda “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish bo‘yicha taklif tayyorlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
Prezident yangi saylangan senatorlarning faol bo‘lishiga ishonch bildirdi