15:05 / 24.10.2024
30

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan taksichilar soni ikki baravar oshdi

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan taksichilar soni ikki baravar oshdi
O‘zbekistonda 2024 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 4 million kishidan oshdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,4 foizga (1,9 million nafarga) ko‘p. O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar umumiy sonining 57 foizini erkaklar, 43 foizini ayollar tashkil qiladi.

Hududlar kesimida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar eng ko‘p Samarqand viloyatida (470,1 ming). Undan keyingi o‘rinlarda Qashqadaryo (413,6 ming) va Toshkent (378,3 ming), Andijon (370,9) viloyatlari turibdi. Toshkent shahrida o‘zini o‘zi band qilganlar soni 365,1 ming kishini tashkil qilgan.

O‘sish ko‘rsatkichi eng yuqori sohalar (2023 yil 1 oktyabrga nisbatan):

- maishiy xizmatlar — 133,6 foiz (987,4 mingta);
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish — 113,5 foiz (203,5 mingta);
- axborot-kommunikatsiya — 96,7 foiz (51,6 mingta).

Qo‘mitada keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar 611,6 ming nafarni tashkil etdi. Shundan 344,7 ming nafari 2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan.

2022 yil 1 sentyabrdan 2024 yil oxiriga qadar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat berilgandi. Buning uchun haydovchilar avvalo davlat Soliq inspeksiyasi hududiy bo‘limlariga borib o‘zini o‘zi band bo‘lgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tadi. 300 ming so‘m to‘lab guvohnoma oladi.

So‘ngra davlat xizmatlari markaziga borib qo‘lidagi guvohnomaga asosan yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasi olish uchun 1 yilga davlat boji to‘lab litsenziya varaqasi oladi. To‘lov — 300 ming so‘m. Shunda haydovchi jami bo‘lib 1 yilga 600 ming so‘m sarf qiladi. Boshqa, kunlik to‘lovlar yo‘q.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan taksichilar soni ikki baravar oshdi