11:14 / 17.12.2024
13

Keyingi 3 yilda dollar kursi qanday bo‘lishi prognoz qilindi

Keyingi 3 yilda dollar kursi qanday bo‘lishi prognoz qilindi
O‘zbekiston Markaziy banki 17 dekabr kungi savdolar uchun 1 AQSH dollarining so‘mga nisbatan kursini 12 874 so‘m etib belgiladi. Yil boshidan buyon so‘mning Amerika valyutasiga nisbatan qadrsizlanishi 4,4 foizni tashkil etyapti.

2025 yilgi davlat budjeti parametrlarida dollar kursi o‘rtacha yillik 13 250 so‘mdan hisoblangan. Bu ko‘rsatkich 2026 yilda 13 725 so‘m, 2027 yilda 14 150 so‘m bo‘lishi prognoz qilinyapti.

S&P xalqaro reyting agentligiga ko‘ra, o‘zbek so‘mining dollarga nisbatan o‘rtacha kursi keyingi yillar davomida quyidagicha bo‘lishi mumkin.

2025 yilning oxirida – 13 650 so‘m;
2026 yilning oxirida – 14 300 so‘m;
2027 yilning oxirida – 15 000 so‘m.

So‘mning dollarga nisbatan kursini aniq prognoz qilish juda murakkab, chunki bu ko‘plab omillarga bog‘liq. Xususan, O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish yaxshi bo‘lsa, so‘mning dollarga nisbatan qadrsizlanishi sekinlashadi. Aksincha, mamlakatda inflyatsiya darajasi oshib ketsa, so‘mning qadri pasayadi. Shuningdek, tashqi savdoda eksport-import balansi ham milliy valyuta qiymatining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Keyingi 3 yilda dollar kursi qanday bo‘lishi prognoz qilindi