16:48 / 17.10.2016
7 892

Alisher Usmonov Rossiyaga soliq to‘lamaydigan bo‘ldi

Alisher Usmonov Rossiyaga soliq to‘lamaydigan bo‘ldi

USM Holding xo‘jayini Alisher Usmonov Rossiyaning soliq to‘lovchisi maqomidan mahrum bo‘ldi, deb yozmoqda Kun.uz nashri. Bu xabarni USM matbuot xizmati ham tasdiqlagan. Rossiya soliq qonunchiligiga ko‘ra, RF soliq to‘lovchisi hisoblanish uchun mamlakatda kamida olti oy istiqomat qilish lozim. Rossiyada jismoniy shaxslarni soliqqa tortishda ularning fuqaroligiga e’tibor berilmaydi. Aksincha, bir yilning 183 kunida Rossiyada yashagan kishi soliq to‘lovchi hisoblanadi.

USM vakilining jurnalga ma’lum qilishicha, hozirda Usmonov amaliy faoliyat turlarini tark etgan va diqqatini sport, xayriya va filantropik faoliyatga qaratgan. U, Qilichbozlik xalqaro federasiyasi prezidenti va XOQning Olimpiya televizion kanalini barpo etish komissiyasi a’zosi hisoblanadi.

"Shu va tibbiy sabablar tufayli u 2015 yilda RF Soliq Kodeksiga binoan, o‘zining soliq to‘lovchi maqomini tasdiqlash uchun talab etiluvchi 183 kun Rossiyada bo‘lmagan. Xalqaro qilichbozlik federasiyasi hamda uning prezidenti qarorgohi Lozanna va Monakoda joylashgan. Albatta, bu USM xoldingining biznesi va tuzilmasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmaydi", - deyiladi USM matbuot-xizmati.

Xabarlarga ko‘ra, Usmonov so‘nggi bir necha yilda jismoniy shaxs sifatida Rossiya g‘aznasiga 350 mln dollar miqdorida soliq to‘lagan. Uning xoldingiga kiruvchi kompaniyalar esa, 2015 yilning o‘zida 100 mlrd rublga yaqin soliq to‘lagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Alisher Usmonov Rossiyaga soliq to‘lamaydigan bo‘ldi