date
views 5 074

Oʻzbekistonning oltin zahiralari: yangilangan reyting

Oʻzbekistonning oltin zahiralari: yangilangan reyting
Butunjahon Oltin Kengashi (WGC) 2024 yilning toʻrtinchi choragida oltin zahiralari boʻyicha mamlakatlar reytingi yangilandi. Ma'lumotlarga koʻra, eng yirik xaridor Polsha Milliy banki boʻlib, u oltin zahirasini 42,33 tonnaga oshirgan.

Oltin zahiralarini oshirgan davlatlar:

Vengriya: 15,52 tonna
Hindiston: 12,88 tonna
Turkiya: 10,44 tonna
Oʻzbekiston: 8,71 tonna
Qozogʻiston esa oltin zahiralarini 12,85 tonnaga kamaytirgani qayd etildi.

Jahon etakchilari:
Oltin zahiralari boʻyicha AQSh etakchilikni saqlab qolmoqda, uning zahirasi 8133,46 tonnani tashkil etadi. Keyingi oʻrinlarda Germaniya (3351,53 tonna), Italiya (2451,84 tonna), Fransiya (2436,94 tonna), Rossiya (2335,85 tonna) va Xitoy (2264,32 tonna) joylashgan.

Oʻzbekistonning reytingdagi oʻrni:
Reytingning ikkinchi oʻnligida Oʻzbekiston 382,2 tonna oltin zahirasi bilan Polsha va Turkiyadan keyingi oʻrinni egalladi. Ushbu natija mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oʻzbekistonning oltin zahiralari: yangilangan reyting