11:25 / 15.03.2025
22

O‘zbekistonda oltin quymalar narxi rekord darajada oshdi

O‘zbekistonda oltin quymalar narxi rekord darajada oshdi
Markaziy bank ma’lum qilishicha, bir gramm oltin narxi 1 million 272 ming 440 so‘mni tashkil etdi. Bu bir kun avvalgi narxdan 1,6 foizga yuqoridir.

20 fevralda o‘rnatilgan avvalgi rekordga nisbatan qimmatbaho metall narxi 0,6 foizga oshgan. Ikki yarim oy ichida narxlar 12,4 foizga, yillik ko‘lamda esa 41,4 foizga o‘sgan.

14 mart holatiga ko‘ra oltin quymalari narxi quyidagicha bo‘ldi:

- 5 grammli oltin quyma — 6 million 362 ming so‘m;
- 10 grammli oltin quyma — 12 million 724 ming so‘m;
- 20 grammli oltin quyma — 25 million 449 ming so‘m;
- 50 grammli oltin quyma — 63 million 622 ming so‘m;
- 100 grammli oltin quyma — 127 million 224 ming so‘m.

Ma’lumot uchun, 100 grammli oltin quymalar O‘zbekistonda 2025 yil 17 yanvardan boshlab sotuvga chiqarilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot