YotaPhone‘ni ishlab chiqish va tayyorlash bilan shug‘ullanadigan YotaDevices kompaniyasining joriy yilning aprel-sentyabr oylari davomida ko‘rgan zarari qariyb 8 million (7,8) dollarni tashkil qildi, deb yozmoqda Terabayt sayti.
Mazkur moliyaviy zarar kompaniyaning bozordagi ulushi tushib ketganidan emas, balki YotaDevices va uning investorlari ishlab chiqariladigan qurilmalarning kelajakda tan narxini kamaytirishga xizmat qiladigan muhim omillar – targ‘ibot, savdo va logistikaga katta miqdorda mablag‘ ajratgani tufayli yuzaga kelgan.
Yaqinda YotaDevices e’lon qilgan hisobotda, jumladan, navbatdagi qurilma – YotaPhone modeli haqida ham so‘z boradi. Hisobotda yozilishicha, yangi model 2017 yilda namoyish etiladi va faol ravishda Xitoy bozorida sotilishni boshlaydi. Shu yilning Xitoyning China Baoli kompaniyasi YotaDevices firmasiga qarashli aksiyalarning 30%ni xarid qilgan va uning aksiyadorlaridan biriga aylangan. Xitoylik firma kelgusida YotaDevices‘ning 64,9% aksiyalarini sotib olib, uning boshqaruvini qo‘lga olish maqsadida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”