date
views 392

Markaziy bank 29 may kuni uchun valyutalarning yangi qiymatini e’lon qildi

Markaziy bank 29 may kuni uchun valyutalarning yangi qiymatini e’lon qildi
O‘zbekiston Markaziy banki 2025-yil 29-maydan amal qiladigan yangi valyuta kurslarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, AQSH dollarining rasmiy kursi 12 831,13 so‘mni tashkil etib, 55,77 so‘mga pasaydi. Bu oxirgi ikki kun ichida umumiy hisobda 100 so‘mdan ortiq tushganini anglatadi.

Yevro ham pasayib, 14 542,80 so‘m (-82,54 so‘m) bo‘ldi. Britaniya funti 120,45 so‘mga tushib, 17 336,14 so‘mni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, yapon iyenasi (88,96 so‘m, -0,58), shveytsariya franki (15 515,27 so‘m, -84,42) va Xitoy yuani (1 784,68 so‘m, -6,39) ham arzonlashgan.

Faqatgina rus rubli 0,2 so‘mga oshib, 161,07 so‘mga yetdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank 29 may kuni uchun valyutalarning yangi qiymatini e’lon qildi