date

Bu hafta oltin quymalarning sotuv narxi kichik miqdorda oshdi

Bu hafta oltin quymalarning sotuv narxi kichik miqdorda oshdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan oltin quymalarning kunlik sotuv narxlari bo‘yicha monitoring natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, 2025-yilning navbatdagi ish haftasida oltin narxi o‘sish tendensiyasini namoyon etdi. Haftalik tahlilga ko‘ra, bir gramm oltin narxi umumiy hisobda 4200 so‘mga oshdi.

Hafta davomida narxlarda sezilarli tebranishlar kuzatildi
Haftaning birinchi kunlarida oltin quymalarning narxida pasayish holatlari qayd etilgan bo‘lsa-da, bu o‘zgarishlar qisqa muddatli bo‘lib, haftaning ikkinchi yarmida o‘sish bilan yakunlandi.

Kunlik o‘zgarishlar quyidagicha bo‘ldi (1 gramm uchun):
Dushanba: -3800 so‘m
Seshanba: -1600 so‘m
Chorshanba: +7600 so‘m
Payshanba: -2400 so‘m
Juma: +4400 so‘m

Mutaxassislarining fikricha, global geosiyosiy vaziyatlar, xalqaro moliya bozorlaridagi o‘zgarishlar va valyuta kurslarining tebranishi O‘zbekiston oltin narxlariga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, aholining investitsion maqsadlarda oltin quymalarini xarid qilishga bo‘lgan qiziqishi narxlarga qo‘shimcha bosim sifatida ta’sir qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Bu hafta oltin quymalarning sotuv narxi kichik miqdorda oshdi