
Labubu qo‘g‘irchoqlarini ishlab chiqaruvchi Xitoyning Pop Mart kompaniyasi 2025 yilning birinchi yarmida foydasini kamida 350% ga oshirdi, deb ma’lum qildi kompaniya bosh direktori Van Ning, deya Kursiv.media yozmoqda. Bu raqamlar ichki moliyaviy tahlil asosida hisoblab chiqilgan, yakuniy natijalar esa keyinroq e’lon qilinadi.
Van Ningga ko‘ra, kompaniya daromadi ham uch baravardan ko‘proqqa oshgan.
Labubu — bu o‘tkir tishli kichik ertak qahramonlariga o‘xshash figuralardir. Pop Mart ularni “kör-körona qutilar” orqali sotadi, ya’ni xaridor oldindan aynan qanday qo‘g‘irchoq chiqishini bilmaydi. Bu usul ayrim tanqidchilarning fikricha, xaridga qaramlik keltirib chiqarishi mumkin.
Labubu ilk bor 2019 yilda paydo bo‘lgan va shundan beri Pop Mart dunyo bo‘ylab 2000 dan ortiq avtomat va do‘kon ochgan. Hozirda Xitoyda 400 ga yaqin, AQShda esa 40 ta do‘koni bor. Hozir kompaniya savdosining qariyb 40 foizi xorijiy bozorlarga to‘g‘ri keladi. Bozor qiymati esa 40 milliard dollardan oshib ketgan.
Labubu’ga bo‘lgan talab shu qadar yuqori bo‘ldiki, ba’zi do‘konlarda u vaqtincha savdodan chiqarilgan. AQShda bu qo‘g‘irchoqlarning sotuvi bir yil ichida 5000% ga oshgan. 2025 yil iyun oyida esa Pekinda Labubu figuralaridan biri $150 mingga sotilib, rekord o‘rnatdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar