date

22 iyul oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

22 iyul oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi
O‘zbekiston Markaziy Banki tomonidan oʻlchovli oltin quymalarning 22-iyuldagi sotuv narxlari e'lon qilindi.

1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 5400 so‘mga oshgan.

O‘lchovli oltin quymalarning narxlari quyidagicha:
5 gram - 7 052 000 so‘m.
10 gram - 14 105 000 so‘m.
20 gram - 28 209 000 so‘m.
50 gram - 70 523 000 so‘m.
100 gram - 141 046 000 so‘m.

O‘lchovli oltin quymalarni O‘zbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.

Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal sur'atda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan. Ko‘plab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 22 iyul oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi