O‘zbekiston Markaziy Banki tomonidan oʻlchovli oltin quymalarning 24-iyuldagi sotuv narxlari e'lon qilindi.
1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 12800 so‘mga oshgan.
O‘lchovli oltin quymalarning narxlari quyidagicha:
5 gram - 7 180 000 so‘m.
10 gram - 14 361 000 so‘m.
20 gram - 28 721 000 so‘m.
50 gram - 71 803 000 so‘m.
100 gram - 143 607 000 so‘m.
O‘lchovli oltin quymalarni O‘zbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.
Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal sur'atda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan. Ko‘plab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar