O‘zbekiston Markaziy Banki tomonidan oʻlchovli oltin quymalarning 18-avgustdagi sotuv narxlari e'lon qilindi.
1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 9400 so‘mga oshgan.
O‘lchovli oltin quymalarning narxlari quyidagicha:
5 gram - 6 967 000 so‘m.
10 gram - 13 934 000 so‘m.
20 gram - 27 869 000 so‘m.
50 gram - 69 672 000 so‘m.
100 gram - 139 344 000 so‘m.
O‘lchovli oltin quymalarni O‘zbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.
Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal sur'atda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan. Ko‘plab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar