Navoiy viloyatida joylashgan “Pirali” oltin koni auksion savdosida 99,09 milliard so‘mga xarid qilindi. Ushbu konning zaxirasi 2,4 tonna oltinga baholangan.
Sotuv jarayonida NBK 111 kompaniyasi g‘olib bo‘lib, obyektni boshlang‘ich bahodan — 4,1 milliard so‘mdan 24 barobar qimmat narxga sotib oldi.
“Pirali” konining umumiy maydoni 484 gektarni tashkil qiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, NBK 111 kompaniyasi ustavida 40 foiz ulush Xitoy fuqarosi Chjan Syanga, qolgan 60 foizi esa tadbirkor Nurmahammad Po‘latovga tegishli.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar