date

O‘zbekiston arab xurmosi importni 4,9 ming tonnaga oshirdi

O‘zbekiston arab xurmosi importni 4,9 ming tonnaga oshirdi

2025 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 17 ta davlatdan jami 12,6 ming tonna xurmo import qildi. Mahsulotlarning umumiy qiymati 9 mln AQSH dollariga (taqriban 113 mlrd so‘m) teng bo‘ldi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hajm o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,9 ming tonnaga ko‘pdir. Import asosan Eron, Tunis va Turkiyadan amalga oshirildi.

Eng ko‘p yetkazib berganlardan: Eron – 9,8 ming tonna, Tunis – 810 tonna, Turkiya – 396 tonna. Xurmoga bo‘lgan talab ro‘za, bayram va kuz mavsumida sezilarli darajada o‘smoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston arab xurmosi importni 4,9 ming tonnaga oshirdi