O‘zbekistonning tashqi qarzi 2025-yil yanvar–iyun oylarida yana $8 milliardga oshib, jami $72,2 milliardni tashkil etdi. Ushbu ma’lumotni Markaziy bank e’lon qildi, deb yozmoqda Uz24.uz nashri.
Xalqaro savdodagi keskinliklar va global noaniqliklarga qaramay, tashqi sektor eksport narxlarining oshishi, mehnat migratsiyasi va turizm sohasidagi ijobiy tendensiyalar ta’sirida muvozanatga yaqinlashdi.
Joriy operatsiyalar hisobi $156,3 mln manfiy saldoga ega bo‘ldi (2024-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich - $2,9 mlrd edi). Regulyator bu farqni savdo balansi taqchilligining kamayishi va pul o‘tkazmalari hajmining oshishi bilan izohladi.
Savdo balansi 20% ga yaxshilanib, -$6,4 mlrd ni tashkil etdi. Eksport hajmi 29% ga oshib $16,6 mlrd, import esa 10% ga oshib $23 mlrd ga yetdi.
Xalqaro pul o‘tkazmalarining ko‘payishi tufayli birlamchi ($850,9 mln) va ikkilamchi ($5,4 mlrd) daromadlar balansi ijobiy shakllandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!