date

3-oktyabr oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

3-oktyabr oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

O‘zbekiston Markaziy Banki tomonidan oʻlchovli oltin quymalarning 3-oktyabrdagi sotuv narxlari e'lon qilindi.

1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 4200 so‘mga oshgan.

O‘lchovli oltin quymalarning narxlari quyidagicha:
5 gram - 7 758 000 so‘m.
10 gram - 15 517 000 so‘m.
20 gram - 31 033 000 so‘m.
50 gram - 77 583 000 so‘m.
100 gram - 155 165 000 so‘m.

O‘lchovli oltin quymalarni O‘zbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.

Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal sur'atda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan. Ko‘plab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 3-oktyabr oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi