O‘zbekiston Markaziy Banki tomonidan oʻlchovli oltin quymalarning 6-oktyabrdagi sotuv narxlari e'lon qilindi.
1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 20400 so‘mga oshgan.
O‘lchovli oltin quymalarning narxlari quyidagicha:
5 gram - 7 860 000 so‘m.
10 gram - 15 721 000 so‘m.
20 gram - 31 441 000 so‘m.
50 gram - 78 603 000 so‘m.
100 gram - 157 206 000 so‘m.
O‘lchovli oltin quymalarni O‘zbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.
Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal sur'atda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan. Ko‘plab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar