29 oktyabr oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

29 oktyabr oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi
Qisqacha

O‘zbekiston Markaziy Banki 29 oktyabr kuni o‘lchovli oltin quymalarning sotuv narxlarini e'lon qildi. 1 gram oltin narxi avvalgi qiymatga nisbatan 17 400 so‘mga pasaygan. 5 gramlik quyma 7 880 000 so‘m, 10 gramlik 15 761 000 so‘m, 20 gramlik 31 521 000 so‘m, 50 gramlik 78 803 000 so‘m va 100 gramlik quyma 157 606 000 so‘mdan sotiladi. Quymalarni O‘zbekistondagi barcha bank ofislaridan xarid qilish mumkin, biroq borishdan oldin mavjudligini aniqlashtirish tavsiya etiladi.

O‘zbekiston Markaziy Banki tomonidan oʻlchovli oltin quymalarning 29 oktyabrdagi sotuv narxlari e'lon qilindi.

1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 17 400 so‘mga pasaygan.

O‘lchovli oltin quymalarning narxlari quyidagicha:
5 gram - 7 880 000 so‘m.
10 gram - 15 761 000 so‘m.
20 gram - 31 521 000 so‘m.
50 gram - 78 803 000 so‘m.
100 gram - 157 606 000 so‘m.

O‘lchovli oltin quymalarni O‘zbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.

Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal sur'atda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan. Ko‘plab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar