
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegaradosh hududlarda joylashgan elektr uzatish tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik quvvatini oshirish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston energetika vaziri Taalaybek Ibraev “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, uch davlat mazkur ishlarni Jahon banki dasturi ko‘magida olib bormoqda. Modernizatsiya qilingan elektr tarmoqlari mintaqada barqaror energiya ta’minotini kuchaytiradi va uzilishlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Shuningdek, Ibraev Qambarota GES-1 loyihasining amalga oshirilishi butun region uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Loyihaning ishga tushishi sanoat korxonalarini qo‘shimcha elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, bir qator oziq-ovqat xavfsizligi dasturlarini amalga oshirish imkonini yaratadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.