7 400
Rossiya O‘zbekistonga shakar va yog‘ mahsulotlari eksportini bir necha barobarga oshirishga tayyor
2 fevral kuni Rossiya Federasiyasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachev O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vaziri Elyor Ganiev bilan ishchi uchrashuvni o‘tkazdi. Bu haqda "Sputnik" nashriga asoslanib Kun.uz yozmoqda.
Tomonlar qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdosini ikki tomonlama rivojlantirish masalalarini muhokama qilganlar.
Xabarda aytilishicha, Aleksandr Tkachev Rossiya O‘zbekistonga don, baliq va baliq mahsulotlari, urug‘lik kartoshka, shuningdek qandolatchilik mahsulotlari etkazilishi hajmini oshirishdan manfaatdor ekanligini ma’lum qilgan.
"Rossiyalik qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar O‘zbekistonga shakar va yog‘ mahsulotlari eksportini bir necha barobarga oshirishga tayyor", — deb ma’lum qilgan Rossiya Qishloq xo‘jaligi vaziri.
Uchrashuv yakunida tomonlar Rossiyaga olib kiriladigan o‘zbek meva-sabzavotlari fitosanitariya normalariga rioya etishi to‘g‘risida protokolni imzolagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi