Qozog‘iston tovuq tuxumlarini chetdan olib kirishni vaqtincha taqiqladi

Qozog‘iston tovuq tuxumlarini chetdan olib kirishni vaqtincha taqiqladi

Qozog‘iston 11-dekabrdan boshlab, chetdan tovuq tuxumlarini olib kirishni vaqtincha taqiqladi. 5-dekabrda e'lon qilingan Qishloq xo‘jaligi vazirligi buyrug‘iga ko‘ra, uchinchi mamlakatlar va Evroosiyo Ittifoqi (EOII) davlatlaridan barcha turdagi transport vositalari orqali yangi tovuq tuxumlarini mamlakat hududiga olib kirish taqiqlanadi. Tovuq tuxumlari faqat tranzit sifatida o‘tishiga ruxsat beriladi.

Bu qarorning asosiy maqsadi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash ekanligi ta'kidlanmoqda. Shuningdek, eslatib o‘tamiz, 2025-yil 9-apreldan boshlab, Qozog‘iston tovuq tuxumi importini olti oy muddatga to‘xtatgan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar