7 aprel oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

O‘zbekiston Markaziy Banki tomonidan oʻlchovli oltin quymalarning 7 apreldagi sotuv narxlari e'lon qilindi.
1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 12 200 so‘mga oshgan.
O‘lchovli oltin quymalarning narxlari quyidagicha:
5 gram — 9 394 000 so‘m.
10 gram — 18 698 000 so‘m.
20 gram — 37 396 000 so‘m.
50 gram — 93 491 000 so‘m.
100 gram — 186 982 000 so‘m.
O‘lchovli oltin quymalarni O‘zbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.
Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal sur'atda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan. Ko‘plab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing