10:39 / 12.04.2017
8 017

Alisher Usmonov qaysi sohaga sarmoya kiritish muvaffaqiyat keltirishi mumkinligini ma’lum qildi

Alisher Usmonov qaysi sohaga sarmoya kiritish muvaffaqiyat keltirishi mumkinligini ma’lum qildi
Alisher Usmonov so‘nggi yillarda asosiy daromadni Rossiya va xorijiy ishlab chiqaruvchilar internet-texnologiyasiga kiritgan sarmoyasi tufayli olmoqda. Bu haqda asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor "Vedomosti" gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

"Mening so‘nggi 15 yil davomidagi daromadlarimning asosiy qismi xorijiy aktivlarga kiritilgan sarmoyalar, so‘nggi 5 yildagisi esa - Facebook, Alibaba, JD.com, Twitter kabi xorijiy internet-aktivlarga kiritilgan investisiyalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Fikrimcha, axborot texnologiyalarning o‘rni bundan buyon faqat o‘sib boradi", - deya aytib o‘tdi Usmonov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Apple’ga kiritilgan sarmoyalardan ko‘ngli to‘lmoqda, Uber va Xiaomi aksiyalaridan esa kelajakda daromad kelishi mumkin. Shuningdek Usmonovning taxminicha, sun’iy idrok, big data, VR va AR kabi yangi yo‘nalishlarga kiritilgan sarmoyalar ham muvaffaqiyat olib kelishi mumkin.

Alisher Usmonov Bloomberg talqiniga ko‘ra, Rossiyaning eng badavlat tadbirkorlari ro‘yxatida beshinchi o‘rinda turadi. Uning boyligi taxminan 14 mlrd. dollarga baholangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Alisher Usmonov qaysi sohaga sarmoya kiritish muvaffaqiyat keltirishi mumkinligini ma’lum qildi