date

Goldman Sachs XRP va Solana ETF'laridan voz kechdi

Goldman Sachs XRP va Solana ETF'laridan voz kechdi

AQShning yirik investitsiya banki Goldman Sachs 2026-yilning birinchi choragida kriptovalyuta birja fondlariga (ETF) bo‘lgan investitsiyalarini keskin qisqartirdi. AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasiga (SEC) taqdim etilgan 13F hisobotiga ko‘ra, bank o‘z portfelidan XRP bilan bog‘liq barcha ETF aktivlarini chiqargan. Taqqoslash uchun, 2025-yil yakunida bank ushbu yo‘nalishda 154 million dollarlik aktivlarga ega bo‘lgan eng yirik institutsional investor edi. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

Shuningdek, Goldman Sachs Solana bilan bog‘liq ETF'lardagi pozitsiyalarini ham to‘liq yopdi. Bank avvalroq Grayscale Solana Trust (GSOL), Bitwise Solana Staking (BSOL) va Fidelity Solana Fund (FSOL) kabi fondlarga sarmoya kiritgan edi. Ushbu kripto mahsulotlar 2025-yil oxirida Bitcoin va Ethereum'dan tashqari yangi altkoinlar to‘lqini sifatida bozorga kirib kelgan edi.

XRP va Solana'dan voz kechganiga qaramay, Goldman Sachs Bitcoin va Ethereum ETF'laridagi yirik ulushlarini saqlab qoldi. Xususan, bank BlackRock'ning iShares Bitcoin Trust (IBIT) fondida 690 million dollar, Fidelity Wise Origin Bitcoin Fund (FBTC) fondida esa 25 million dollarlik aktivlarga ega. Shunga qaramay, bank ushbu pozitsiyalarni chorak davomida qariyb 10 foizga qisqartirgan.

Shuningdek, iShares Ethereum Trust (ETHA) fondidagi ulush 70 foizga kamaytirildi, natijada bank ixtiyorida 114 million dollarlik 7,2 million aksiya qoldi. Institutsional investorlarning 13F hisobotlari kripto bozoridagi kapital taqsimotini tushunish uchun muhim ko‘rsatkich hisoblanadi va Goldman Sachs'ning bu harakati yirik moliya institutlarining raqamli aktivlarga bo‘lgan yondashuvi o‘zgarayotganini ko‘rsatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Goldman Sachs XRP va Solana ETF'laridan voz kechdi