Moliya vazirligining xabariga qaraganda, Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish uchun 154 mln dollar yo‘naltirdi. Xabarga ko‘ra, OTB bilan qarz kelishuvi shu yilning mart oyida imzolangan. Loyihaning umumiy qiymati 240,9 mln dollarni tashkil etadi.
Loyiha fermer xo‘jaliklari va sohaga tegishli korxonalar zamonaviy texnika, uskuna va meva-sabzavotchilik sohasidagi kerakli xomashyolarni sotib olish uchun tijorat banklarida kredit liniyalari ochishni ko‘zda tutadi.
Moskvada O‘zbekiston meva-sabzavotlari uchun savdo uyi ochildi Loyihada ishtirok etishga qiziqish bildirgan banklar orasidan "Asaka"," Davr-bank", Hamkorbank, Ipakyo‘li, Ipoteka-bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Turonbank va O‘zsanoatqurilishbank tanlab olindi.
Rossiya bozorining katta qismini qamrab olish va Evropa bozorlariga chiqish orqali O‘zbekistonning meva va sabzavot eksporti sezilarli ravishda kengayishi mumkin, deb hisoblaydi OTB. Ammo buning uchun mahsulot sifatini, xavfsizlik standartlari, sertifikasiyalash, saqlash, qayta ishlash va marketing texnologiyalarini yaxshilash kerak bo‘ladi.
Loyiha shuningdek, fermer va korxonalarga biznes-rejalashtirish, agrotexnika uslublari va hosil yig‘ib olishdan keyingi jarayonni takomillashtirish, eksport bozoriga chiqish uchun zarur malakani oshirish imkonini ham beradi. O‘zbekistonning eng yirik meva-sabzavot eksportchisi "O‘zagroeksport"ning mo‘ljaliga ko‘ra, O‘zbekiston 2017 yilda 1,27 mln tonna yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiladi. Bu 2016 yildagiga qaraganda, uchdan bir qismga ko‘proq deganidir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi