date

Paybis Yevropa Ittifoqida kripto xizmatlarini kengaytirish uchun litsenziyalar oldi

Paybis Yevropa Ittifoqida kripto xizmatlarini kengaytirish uchun litsenziyalar oldi

Kriptovalyuta platformasi Paybis Latviya Markaziy bankidan ikkita muhim litsenziyani qo‘lga kiritdi. Kompaniyaning Yevropa Ittifoqidagi sho‘ba korxonasi bo‘lgan SIA Paybis Europe endilikda Yevropa Ittifoqining MiCA (Markets in Crypto-Assets) reglamenti doirasida kripto-aktivlar xizmatlarini ko‘rsatish va PSD2 (Payment Services Directive 2) qoidalari asosida to‘lov muassasasi sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega bo‘ldi. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

Latviya Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, Paybis ushbu mamlakatda MiCA litsenziyasini olgan uchinchi kompaniya hisoblanadi. Ushbu ruxsatnoma mijozlar nomidan kripto-aktivlarni saqlash, ularni boshqa valyuta yoki aktivlarga ayirboshlash, buyurtmalarni bajarish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish imkonini beradi. PSD2 litsenziyasi esa kompaniyaga to‘lovlarni amalga oshirish va hisob raqamlariga pul o‘tkazmalarini bajarish huquqini taqdim etadi.

Paybis bosh direktori va asoschisi Innokenty Isersning ta’kidlashicha, ushbu ikki litsenziyaning birlashuvi kompaniyaga kelajakka yo‘naltirilgan keng qamrovli xizmatlarni, jumladan, stablecoinlar bilan ishlash imkoniyatini yaratadi. Kompaniya biznes mijozlar uchun maxsus API yechimlarini taklif etishni rejalashtirmoqda, bu esa boshqa korxonalarga o‘z mijozlariga tartibga solinadigan kripto xizmatlarini taqdim etish imkonini beradi.

2014-yilda tashkil etilgan Paybis hozirda 90 ga yaqin kriptovalyutani qo‘llab-quvvatlaydi va 180 ta mamlakatda yetti milliondan ortiq foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatadi. Kompaniya shuningdek, AQSh va Kanadada ham moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish uchun tegishli ritsenziyalarga ega.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Paybis Yevropa Ittifoqida kripto xizmatlarini kengaytirish uchun litsenziyalar oldi