2017 yil 17-24 iyul kunlari Xalqaro Valyuta Jamg‘armasining Albert Eger rahbarligidagi missiyasi Toshkentda bo‘ldi. Missiya iqtisodiy vaziyatni rivojlantirish va rasmiy davlat organlari ishlab chiqqan islohotlar rejalarini muhokama qilish maqsadida tashrif buyurdi. Missiya o‘z safarini yakunlashi munosabati bilan bayonot berdi.
«Missiya rasmiy davlat idoralarining Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» doirasida iqtisodiyotni isloh qilish bo‘yicha kompleks rejalarini ma’qullaydi. Ushbu rejalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish iqtisodiyotda sifatli ish o‘rinlari barpo etish va barqaror o‘sishni ta’minlaydi.
Missiya rasmiy idoralarning birinchi galda valyuta tizimini isloh qilish borasidagi rejalarini katta mamnuniyat bilan qarshiladi.
Valyuta kurslarining bir xillashtirilishi va valyuta zaxiralarini bozor qoidalari asosida taqsimlash uchun shart-sharoitlar barpo etish O‘zbekiston Markaziy bankiga barqarorlik hamda inflyasiyani samarali boshqarish imkonini beruvchi pul-kredit siyosatiga o‘tishda qo‘l keladi. Bu islohot tashqi raqobatbardoshlikning oshishi, bevosita xorijiy investisiyalarni jalb etish va ichki zaxiralarni taqsimlashni takomillashtirish orqali yangi ish o‘rinlari barpo etish va iqtisodiy o‘sishga olib keladi. O‘zbekistonning sezilarli valyuta zaxiralari bu islohotni ishonch bilan o‘tkazish imkonini taqdim etadi.
Valyuta tizimini isloh qilish davlat korxonalari va davlat nazoratidagi banklarni qayta tashkil qilish, xalqaro savdo va bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etishga imkon bermayotgan omillarni yo‘qotish, ish o‘rinlari tashkil etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kompaniyalar, ayniqsa kichik va o‘rta korxonalarning amaliy tarqatish qiymatlarini asossiz ravishda oshib ketishiga sabab bo‘layotgan qonunlar, qarorlar va boshqa jarayonlarni tartibga solish zarur.
XVJ qo‘shimcha texnik yordam berishga va rasmiy davlat organlari tomonidan tayyorlangan islohotlar rejasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida iqtisodiy siyosat masalalarida ttavsiyalar taqdim etishga tayyor.
Islohotlarni pul massasi va kreditning tez sur’atlarda o‘sishi tufayli vujudga keluvchi inflyasiya bosimi sharoitida o‘tkazishga to‘g‘ri kelad. Shu munosabat bilan missiya O‘zbekiston Markaziy bankining pul-kredit siyosatiga qat’iy tus berib, qayta moliyalash stavksini 9 foizdan 14 foizga oshirganini qo‘llab-quvvatlaydi.
Garchi bank tizimida etarli miqdorda bufer zaxiralari bo‘lsa-da, likvidlik va kreditlar likvidligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy murakkabliklar xavotirlarga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli rasmiy idoralar davlat tomonidan nazorat qilinadigan banklarni qayta sarmoyalashga doir ehtiyot choralarini ko‘rishdi. Likvidlik me’yorlarini oshirib, O‘zMBning likvidlik va banklar muammolarini hal etish borasida qo‘llaydigan qoidalarni qayta ko‘rib chiqib, moslashtirishdi.
2017 yil boshidan buyon ehtiyotkorlik bilan soliq-byudjet siyosati olib borilmoqda. Davlat byudjetining profisiti joriy prognozlarga ko‘ra, YaIMnig 0,2 foizini tashkil etadi. Shunga ko‘ra, yangi valyuta kursi tartibi va pul-kredit siyosati muvofiqligini ta’minlash maqsadida 2018 yilgi soliq-byudjet siyosatining qat’iyligi saqlab qolinishi kerak.
Missiya rasmiy idoralarning iqtisodiy statistika ma’lumotlari sifati va shaffofligini oshirish bo‘yicha qadamlarini ijobiy baholadi. Rasmiy idoralarning 2018 yildan inflyasiya sur’atlarini baholashda yangi Iste’mol narxlari indeksi (INI, inflyasiya ko‘rsatkichi; Consumer Price Index, CPI)ni qo‘llash ushbu muhim statistika ma’lumoti sifatini oshirishi kerak. Missiya, shuningdek, O‘zbekiston rasmiy idoralarining XVJning kengaytirilgan ma’lumotlarni tarqatish umumiy tizimi qo‘shilish istagini ham olqishlaydi.
XVJ Kelishuvlarining IV moddasi doirasidagi navbatdagi maslahatlashuvlarni 2017 yil kuzida o‘tkazish borasida dastlabki kelishuvga erishildi.
Missiya rasmiy idoralarga iliq qabul va amaliy muhokamalar uchun minnatdorlik bildiradi». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi