7 208
Markaziy bank: Yirik banknotalarning chiqarilishi inflyasiya darajasi va narxlar barqarorligiga ta’sir ko‘rsatmaydi
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasida 22 avgustdan qiymati 50 000 so‘mga teng banknota muomalaga chiqarilishi haqida xabar bergan edik. Bu xabar tarqalganidan so‘ng, turli shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.”Bu inflyasiyani yuzaga keltiradi” degan fikrlar ham bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ana shunday gap-so‘zlarga chek qo‘yish maqsadida 50 000 so‘m qiymatdagi banknotani muomalaga chiqarilishi bo‘yicha sharh berdi.
Unga ko‘ra, so‘nggi yillarda o‘rtacha ish haqi miqdorining oshib borishi hamda aholiga ish haqi, pensiya va nafaqalarni to‘lashda, shuningdek, naqd puldagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish maqsadida 50 000 so‘mlik banknotalar muomalaga kiritilmoqda.
“Shuni alohida qayd etish lozimki, muomalaga yirik banknotlarning chiqarilishi iqtisodiyotdagi pul massasining o‘zgarishiga olib kelmaydi hamda inflyasiya darajasi va narxlar barqarorligiga ta’sir ko‘rsatmaydi”, deyiladi Markaziy bank xabarida.
50 000 so‘mlik pul birligini joriy etish naqd puldagi hisob-kitoblarni ixchamlashtirish, naqd pulni tashish, etkazish va saqlash bilan bog‘liq harajatlar va noqulayliklarni kamaytirishga, bankomatlar orqali aholiga xizmat ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirishga imkoniyat yaratadi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...