06:30 / 13.09.2017
9 071

Samarqandda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi o‘z faoliyatini boshladi

Samarqandda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi o‘z faoliyatini boshladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 12 yanvardagi «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, Samarqand viloyatining Urgut, Pastdarg‘om va Nurobod tumanlarida 816 gektar yer maydoniga ega bo‘lgan «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi, deb xabar berdi O‘zA.

O‘tgan vaqt mobaynida erkin iqtisodiy zona direksiyasi faoliyat boshlab, hududda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalar ishlab chiqildi. 2017—2018 yillarda bu yerda 281,1 million dollarlik 80 loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan va buning samarasida 5 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi. Ayni paytda 50 ga yaqin loyiha tasdiqlanib, ularni hayotga tatbiq etishga kirishilmoqda.

Erkin iqtisodiy zonada faoliyat boshlayotgan 39 tadbirkorlik sub’ektiga tantanali ravishda guvohnomalar topshirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Samarqandda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi o‘z faoliyatini boshladi