Markaziy bank: Dollar va yevroning rasmiy kursi yana oshdi

Markaziy bank: Dollar va yevroning rasmiy kursi yana oshdi
Bugun, 27 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 28 noyabr sanasidan amalda qo‘llaniladigan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kursini e’lon qildi.

Unga ko‘ra:
1 AQSh dollari qiymati o‘tgan haftadagidan 10,77 so‘mga oshib, kurs 8095 so‘m 88 tiyin etib belgilandi;
1 yevro 9653 so‘m 53 tiyin, avvalgi ko‘rsatkichdan 166,46 so‘mga ko‘tarilgan.

Ma’lumot uchun, Markaziy bank mazkur valyutalarni o‘rnatilgan qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar