18:17 / 15.03.2018
5 538

Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekiston haqidagi yakuniy xulosalarini ma’lum qildi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekiston haqidagi yakuniy xulosalarini ma’lum qildi
Albert Yeger.
Foto: Xalqaro press-klub

Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlar guruhi joriy yil 26 fevral—13 mart kunlari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bank-moliya, iqtisodiyot, soliq, statistika tizimidagi islohotlar samaradorligini o‘rgandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mazkur o‘rganish yuzasidan yakuniy xulosalarni Bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov, Xalqaro valyuta jamg‘armasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha departamenti direktori maslahatchisi Albert Yeger matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlari O‘zbekistonda 2017 yilda iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlarni ijobiy baholadi. A.Yegerning fikricha, mamlakatda valyutaning erkin konvertatsiyasi joriy etilgani to‘g‘ri qaror bo‘ldi. Ayni paytda ish o‘rinlari yaratish masalasi eng ustuvor vazifalardan bo‘lib turibdi. O‘tgan yili bu masalani hal etish borasida dadil qadamlar tashlandi — tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga imkon qadar erkinlik yaratish, soliq va bojxona masalalarida imtiyoz va preferensiyalar berish yuzasidan ko‘plab qarorlar qabul qilindi.

Ekspertlar prognoziga ko‘ra, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar 2018—2019 yillarda iqtisodiy o‘sish sur’atini 5 foizga oshirish imkonini beradi.

Shuningdek, mutaxassislar qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, o‘z mahsulotlari bilan savdo qilayotgan sohadagi ishbilarmonlarni rag‘batlantirishning samarali tizimi xususiy tadbirkorlar, korxonalar va fermer xo‘jaliklarining moliyaviy mustaqilligini ta’minlashda muhim qadam, deb hisoblamoqda.

Ekspertlar jadal iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan O‘zbekiston butun mintaqa farovonligi uchun katalizator vazifasini o‘tashi mumkinligini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekiston haqidagi yakuniy xulosalarini ma’lum qildi