00:49 / 18.03.2018
7 639

Milliy va zamonaviy mahsulotlar eksport qilinmoqda

Milliy va zamonaviy mahsulotlar eksport qilinmoqda
Termiz shahridagi “Surxon ipagi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ipak tolasidan gilamdo‘zlik va tikuvchilik mahsulotlari tayyorlanadi. Bu haqda O‘zA xabar qiladi.

Korxonada 150 kishi doimiy ish bilan ta’minlangan. Ular tayyorlayotgan milliy va zamonaviy uslubdagi gilamlar, tikuv ishlari, bejirim liboslar Rossiya, Xitoy, Turkiya, Hindiston, Yaponiya, Latviya, Pokiston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.

– Shogirdlarim bilan “Ko‘zacha”, “Iroqi”, “Bodomgul” singari 12 xildagi naqsh tushirilgan gilam to‘qiymiz, - deydi korxona gilamdo‘zi Dilafro‘z Vallayeva. – To‘qish jarayonida gilamlarga milliylik ruhi singdirib, zamonaviy ko‘rk beramiz. Mahsulotimizning sifati va dizayni xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.



Korxona qoshida tashkil etilgan muzeyda ipak tolasining ishlab chiqarilish jarayoni hamda undan tayyorlanadigan barcha turdagi mahsulotlarni ko‘rish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Milliy va zamonaviy mahsulotlar eksport qilinmoqda