date
views 5 047

Rasman! Dollar va yevro kursi arzonlashda davom etmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 3 apreldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 13.94 so‘mga arzonlagan va 1 dollar 8100 so‘mu 92 tiyinga teng bo‘lib turibdi.

Bir yevro kursi 63,42 so‘mga arzonlab, 9976,28 so‘mga yetgan.

1 Rossiya rubli kursi esa 0,54 so‘mga tushib, 141,67 so‘mni tashkil qilmoqda.

Qayd etish kerakki, fevral oyi boshida 8200 so‘mga yaqinlashgan dollar kursi keyingi haftalar davomida uzluksiz arzonlab kelmoqda.

1 AQSH dollari 8100,92

1 YEVRO 9976,28

1 Rossiya rubli 141,67

1 Angliya funt sterlingi 11373,69

1 Yaponiya iyenasi 76,19

1 Janubiy Koreya voni 7,66

1 Quvayt dinori 27036,41

1 Malayziya ringgiti 2097,05

1 Kanada dollari 6282,71

1 Xitoy yuani 1290,12

1 Singapur dollari 6181,08

1 Shveysariya franki 8488,86

1 BAA dirhami 2205,89

1 Misr funti 459,37

1 Avstraliya dollari 6217,46

1 Turkiya lirasi 2047,03

1 SDR 11776,31

1 Ukraina grivnasi 308,61

1 Polsha zlotiysi 2368,00

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rasman! Dollar va yevro kursi arzonlashda davom etmoqda